Diqqat! Sayt sinov (test) rejimida ishlamoqda.
Eski talqin

Joriy holat

Universitetda hozirgi kunda tyutorlik lavozimi bo'yicha bo'sh ish o'rni mavjud emas. Bo'sh ish o'rni paydo bo'lganda ushbu sahifada qo'shimcha e'lon qilinadi.

Huquqiy asos

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-oktabrdagi 656-son "Oliy ta'lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 17-bandi.

Malaka talablari

  • Oliy ma'lumotga (bakalavr) ega bo'lish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzallik beriladi);
  • Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta'lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo'lish;
  • Ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglab yetgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega bo'lish;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlarga, shu jumladan madaniyatli, mas'uliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor bo'lish;
  • Mustaqil qaror qabul qilish ko'nikmalariga ega bo'lish.

Muhim: Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.

Bilishi kerak

Oliy ta'lim va yoshlar siyosatiga oid qonunchilik hujjatlarini, rahbar tashkilotlarning qarorlari, farmoyishlari va buyruqlarini, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarga oid uslubiy va me'yoriy hujjatlarni, universitetning Ustavi, Odob-axloq kodeksi va Ichki tartib-qoidalarini bilishi kerak.

Klassifikator ma'lumotlari

  • Lavozim nomi: Tyutor
  • Ma'lumotning eng past darajasi: Oliy ma'lumot (bakalavr)

Ariza topshirish

Hozirda hujjatlar qabul qilinmaydi. Bo'sh ish o'rni ochilganda hujjat topshirish tartibi va muddati ushbu sahifada e'lon qilinadi. Savollar bo'yicha quyidagi elektron pochta yoki telefon orqali murojaat qilishingiz mumkin.